Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Afg‘oniston mudofaa vazirining uyiga uyushtirilgan hujumda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston mudofaa vazirining uyiga uyushtirilgan hujumda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston mudofaa vaziri general Bismilla Xon Muhammadiyning Kobuldagi uyiga uyushtirilgan hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi. Bu haqda Frans Press agentligi xavfsizlik manbasiga asoslanib ma’lum qilgan.

«To‘rt kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi», - deya agentlikka xabar qilgan xavfsizlik manbasi. Shu bilan birga, qurbonlar hujum qilgan tarafdan yoki tinch aholi vakillari ekanligi ochiqlanmagan.

IIV matbuot kotibi Mirvays Stanekzayga ko‘ra, hujum qilganlarning hammasi o‘ldirilgan.

Avvalroq, voqea guvohi va Kobul politsiyasidagi manbaning RIA Novosti agentligiga aytishicha, Kobuldagi Afg‘oniston mudofaa vazirining uyi yaqinida mashina portlatilgan, shundan so‘ng uning uyiga bir nechta qurollangan odamlar bostirib kirgan.

Muhammadiyning aytishicha, na unga, na uning oila a’zolariga zarar yetmagan. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda to‘rt nafar jangari qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring