Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdurashid Do‘stum «Tolibon»ga to‘rtta shart qo‘ydi

Abdurashid Do‘stum «Tolibon»ga to‘rtta shart qo‘ydi

Marshal Abdurashid Do‘stum o‘zining tvitterdagi sahifasi orqali «Tolibon»ga muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi.

Marshal bu haqda yozarkan, agar «Tolibon» muxolifatning talablarini bajarmasa, urush muqarrar, deb qo‘shib qo‘ydi.

Talablar quyidagicha:

- afg‘on etnik guruhlari huquqlarini tan olish;
- ayollar huquqlarini tan olish;
- demokratiyani tan olish;
- saylanadigan hukumat tuzilishi.

Do‘stum «Tolibon»ga qarshilik ko‘rsatayotgan afg‘onlarga minnatdorchilik bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring