Abdulaziz Komilovga Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni berildi
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilovni «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlashga doir hujjatni imzoladi.
Qayd etilishicha, A.Komilov Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, milliy an’analarni rivojlantirish, ma’naviy yaqinlik bog‘lagan ikki qardosh xalqning hamjihatligi va kuch-qudratini mustahkamlash, yosh avlod tarbiyasidagi alohida xizmatlari uchun, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq yillik munosabatlarni, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-ta’lim va madaniy hamkorlikni kengaytirishga qo‘shgan katta shaxsiy hissalari uchun Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» deb topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter