Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boshqalarga havasim keladi» — 63 yildan buyon uxlamayotgan odam

«Boshqalarga havasim keladi» — 63 yildan buyon uxlamayotgan odam

Txay Ngok

Foto: Lad Bible

Vetnamda 81 yoshli fermer Txay Ngok yashaydi, u so‘nggi marta 17 yoshida uxlagan, 1962-yilda bezgakka chalinganidan so‘ng uyqusizlikka mubtalo bo‘lgan, deb yozdi Lad Bible.

Na dori-darmon, na shifokorlarning ko‘rsatmalari foyda berdi — Ngok hamma qatori mazza qilib uxlolmaydi.

«Boshqalar uxlayotganini ko‘rib, havasim keladi. To‘lin oy kechalari dalaga chiqib ketaman, hech nima qilmasdan o‘tirish — turgan-bitgani azob», — dedi Txay Ngok.

Umuman uxlamasligi va keksaligiga qaramasdan, fermer sog‘lom va baquvvat, 50 kiloli qoplarni to‘rt kilometrgacha charchamasdan eltadi. Biroq oilasi uning doimiy bedorligidan tashvishda.

Ayrimlarning taxminiga ko‘ra, Ngokning uyqusizlik kasalligi Vetnam urushi voqealari oqibatidagi posttravmatik zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

G‘ayrioddiy hodisa shifokorlar uchun hanuz jumboqligicha qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring