Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yil zilzilasi Turkiya iqtisodiyotiga qancha zarar yetkazgani aytildi

2023-yil zilzilasi Turkiya iqtisodiyotiga qancha zarar yetkazgani aytildi

Foto: GLOBAL LOOK PRESS

2023-yil fevralida yuz bergan zilziladan Turkiya 104 milliard dollar zarar ko‘rdi, nafaqat turarjoylar, shuningdek, mamlakatning ishlab chiqarish quvvatlariga ham jiddiy ziyon yetdi. Bugun, 25-may kuni Istanbulda Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi yig‘ilishida qatnashgan mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on shunday bayonot berdi.

Erdo‘g‘onning aytishicha, zilziladan Turkiyaning 11 viloyati va 14 million kishi jabr ko‘rgan.

Tabiiy ofat oqibatida mamlakat janubi-sharqidagi korxonalar yopilgan, savdo markazlari vayron bo‘lgan, infratuzilma ishdan chiqqan. Prezident keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 850 ta obyektga ziyon yetishi 170 mingta ish o‘rnining yo‘qotilishiga olib kelgan.

Erdo‘g‘on qo‘shimcha qilishicha, fojia oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 53 ming nafardan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 6-fevralida Turkiya janubi-sharqida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita zilzila yuz bergan edi. Tabiiy ofatdan qo‘shni Suriya ham katta talafot ko‘rgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring