Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bir million dasturchi» katta drayver bo‘ladi mamlakat rivojlanishiga» — Shavkat Mirziyoyev

«Bir million dasturchi» katta drayver bo‘ladi mamlakat rivojlanishiga» — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasini taqdim etmoqda. Ushbu nufuzli anjuman Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tyapti.

Unda prezident o‘z sohasini raqamlashtirishga jiddiy qaramagan rahbarlarning hammasi lavozimidan ketishini ma’lum qildi.

«Toshkentda IT-park tashkil qildik. U bir yildayoq o‘z samarasini ko‘rsata boshladi. IT-parklar Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etiladi.

Bilimli yoshlarimizga sharoit yaratib bermasak, ular xorijga chiqib ketadi.

Biz «Bir million dasturchi» loyihasini amalga oshirishni boshladik. Bu katta marrra. Lekin biz hamkorlar bilan kelishib oldik, dastur ham, pul ham bor. Shuni amalga oshirsak, yaqin 3-4 yil ichida juda ko‘p narsa o‘zgaradi.

Tasavvur qiling, bir million dasturchi barcha sohaga kirib boradi va raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Bu — katta drayver bo‘ladi mamlakat rivojlanishiga. Biz hech qachon bunday katta marra olmaganmiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring