Xitoyda «O‘lim yulduzi»ga o‘xshagan mikroto‘lqinli qurol yaratildi
Xitoylik olimlar mikroto‘lqinli yangi qurol yaratishdi: u nishonni yo‘q qilish uchun elektromagnit to‘lqinlarni birlashtirib, bir tomonga yo‘naltira oladi. Ishlash tamoyili «Yulduzlar jangi» filmidagi «O‘lim yulduzi» qurolini eslatadi.
South China Morning Post gazetasi yozishicha, o‘tkazilgan tajriba-sinovlar bu qurilma AQShning GPS va boshqa yo‘ldoshlari signallarini bostira olishini ko‘rsatdi.
Muhandislar va olimlar Xitoy g‘arbida yettita mikroto‘lqinli nurlantirgich qurishgan va ularni juda yuqori tezlikdagi optik tolalar yordamida birlashtirishgan. Barcha nurlantirgichlar hosil qilgan to‘lqin bitta nurga to‘planib nishonga bir paytda yetib boradi.
Yuqorida tilga olingan mashhur kinoasarda jangovar fazo stansiyasi sakkizta lazer oqimini yagona nurga birlashtirib, butun boshli sayyoralarni yo‘q qilish qudratiga ega bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter