Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jarayon ortida...» – vazir muhim faktlarni keltirdi

«Jarayon ortida...» – vazir muhim faktlarni keltirdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy qilishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda AKT vaziri Shuhrat Sodiqov bu borada qilingan ishlarga to‘xtaldi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayonini yanada takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri – raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisoblanadi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari qabul qilingan va ularda saylov jarayonlariga AyTi texnologiyalarni keng joriy etish va ushbu yo‘nalishni raqamlashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilangan.

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 4 oktyabrdagi PQ–3961-son; Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 15 avgustdagi 630-son qarorlari asosida saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimi, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati ishlab chiqilgan va avvalgi saylovlar tajribasidan kelib chiqib, takomillashtirish choralari ko‘rildi.

Foto: Xabar.uz

2019 yilda respublikamizda o‘tkazilgan Parlament saylovlarida saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha olingan tajribadan kelib chiqib, joriy yilda o‘tkaziladigan Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi.

Birinchi navbatda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek shahar va tumanlar miqyosida saylash huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun mutasaddi vazirlik va idoralar (jumladan Ichki ishlar vazirligi, Kadastr agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, mahalliy hokimliklar va boshqalar) vakillaridan iborat shtablar tuzildi.

Ikkinchi navbatda, hududlarda tashkil etilgan shtablar tomonidan 7,2 mln.dan ortiq xonadon va 23,8 mln. nafar fuqaroning ma’lumotlari o‘rganib chiqildi.

Uchinchi navbatda, ko‘chmas mulk ob’yektlari to‘g‘risida davlat organlari tomonidan tegishli axborotlar raqamlashtirilib, ularni real vaqt rejimida yangilash ishlari amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.

To‘rtinchi navbatda, saylov uchastkalarining joylashuvi va ularning chegaralaridan kelib chiqib, interaktiv xaritani shakllantirish uchun saylov uchastkalarining chegaralari belgilab chiqildi.

Foto: Xabar.uz

Uchastka saylov komissiyalari a’zolarini raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalariga o‘rgatish jarayonini tashkil qilish maqsadida tegishli Konsepsiya tasdiqlanib, 30 nafar respublika trenerlari tayyorlandi.

Ular tomonidan hududiy miqyosida 797 nafar trener shakllantirilib, ularning har biri 14-15 ta saylov uchastkalariga biriktirilib, 3-bosqichda joriy yilning avgust va sentyabr oylarida jami 32 856 nafar saylov komissiyalari a’zolari (operator) o‘qitildi.

Bundan tashqari, o‘z-o‘zini tayyorlash uchun tegishli o‘quv materiallari – foydalanuvchi yo‘riqnomalari, videorolik, infografika va boshqalar tayyorlandi.

Foto: Xabar.uz

Foydalanuvchilarga ko‘mak berish, savollarga tezkor javob qaytarish va yuzaga kelgan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha 10 nafar malakali mutaxassisdan iborat, kun-tun ishlaydigan qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Respublikada mavjud 10 761 ta saylov uchastkalarining barchasi telefon aloqasi bilan to‘liq ta’minlangan.

Shundan 96,7 foizi yoki 10 416 tasi optik tolali yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan.

Foto: Xabar.uz

Qolgan 3,3 foizi yoki 345 tasi mobil va radio aloqa tarmog‘i hamda sun’iy yo‘ldosh orqali yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlandi.

Saylov jarayonlarining shaffof va oshkora o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan 207 ta saylov uchastkalariga 414 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.

Mazkur videokuzatuv kamerlarini Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida katta hajmdagi ekranda, saylov portalida va Milliy teleradiokompaniyaning «O‘zbekiston 24» telekanalida saylov kuni on-layn namoyish qilish yuzasidan texnik ishlar amalga oshirildi.

Foto: Xabar.uz

Shuningdek, Saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida:

  • Koll-markaz tashkil etgan holda Markaziy saylov komissiyasi uchun «12 00»;
  • saylov jarayonini texnik qo‘llab-quvvatlash uchun «12 09» maxsus qisqa raqamlari biriktirildi.

Saylov jarayonlarida axborot resurslaridan foydalanishda qator imkoniyatlar yaratildi. Jumladan:

  • Prezident saylovi portali hamda Markaziy saylov komissiyasi rasmiy veb-saytining yangi talqini ishlab chiqildi va ishga tushirildi;
  • Prezident saylovi portalida Kadastr agentligi bilan hamkorlikda Okrug va saylov uchastkalari haqida batafsil ma’lumot olish imkonini beruvchi hamda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘zda tutadigan interaktiv xarita (geoportal) ishga tushirildi;
  • uchastka saylov komissiya a’zolarini masofaviy o‘qitish va test tizimi (telegram bot), saylovga oid savol-javob, saylov ta’minoti va saylov uchastkasini aniqlash bo‘yicha maxsus telegram-bot ishga tushirildi;
  • Saylov qonunchiligi bo‘yicha o‘quv materiallari (kontentlar)dan foydalanish bo‘yicha mobil ilova Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan ishlab chiqildi.

Saylov jarayonlarini raqamlashtirish doirasida ishlab chiqilgan axborot resurslari, tizimlari, veb-saytlar Axborot texnologiyalari vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari mutaxassislari tomonidan yaratilgan va texnik qo‘llab-quvvatlab boriladi.

Foto: Xabar.uz

Boshqacha qilib aytganda, AyTi kadrlarni tayyorlash, AyTi kompaniyalar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va sharoitlar natijasida bularning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan.

Shuningdek, Saylov jarayonlari doirasida saylovoldi tashviqot materiallari va saylov byulletenlarini saylov uchastkalariga yetkazib berish Markaziy saylov komissiyasi talabnomasiga asosan vazirligimiz tizimidagi Davlat feld’yegerlik xizmati tomonidan amalga oshirilmoqda, – dedi AKT vaziri Shuhrat Sodiqov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring