UZMOBILE GSMning 5 yilligi munosabati bilan bepul megabayt, daqiqa va SMSlar tuhfa etiladi!
2015-yil 15-aprel kuni UZTELECOM milliy operatori tomonidan GSM mobil aloqa standarti ishga tushirilgandi. UZMOBILE GSM faoliyatining ilk kunlaridanoq, kompaniya o‘z oldiga sifatli, ishonchli va mamlakatimiz aholisi uchun arzon aloqani taqdim etishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan edi va bu maqsadga yetishish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soldi.
Bugungi kunda «UzMobile» filialining texnik imkoniyati respublikamizdagi 11000 yaqin baza stansiyalarini tashkil etmoqda va ular mamlakatimiz aholisining 90% dan ortig‘ini sifatli mobil aloqa va internet bilan ta’minlamoqda.
Kompaniya bu bilan chegaralanib qolmasdan o‘z ishini davom ettirmoqda. Ayni vaqtda mobil aloqa sifatini yaxshilash, GSM tarmog‘ini kengaytirish va mobil internet tezligini oshirishga qaratilgan faol texnik ishlar olib borilmoqda. Kompaniya 2020-yilda 536 ta yangi baza stansiyalarini qurishni va 2099 tasini UMTS/LTE standartlarigacha modernizatsiyalashni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, kompaniya ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, «Obod qishloq» loyihasi doirasida «O‘zbektelekom» AK «UzMobile» filiali respublikamizning chekka hududlarida qishloq aholisini mobil aloqa bilan ta’minlovchi baza stansiyalarini muntazam ravishda ishga tushirmoqda.
O‘z faoliyatini samarali bajarish uchun kompaniya doimiy ravishda o‘z xizmat turlarini takomillashtirib bormoqda. Bu borada 2019-yil katta yutuqlar yili bo‘ldi, bunda milliy mobil aloqa operatori mamlakat aholisiga bir qator qiziqarli takliflarni taqdim etdi. Oddiyligi bilan ko‘pgina abonentlar orasida ommalashgan «Oddiy 10» hamyonbop tarifi barchaga ma’qul bo‘lmoqda. Avtomat ravishda internet-to‘plamlarni juda arzon narxlarda yangilanishi va, albatta, abonent to‘lovi erkin jadval asosida ishlaydigan STREET, FLASH va haqiqiy cheksiz ROYAL tariflari sehrli kombinatsiyaga aylandi. Shu sababdan, 2019-yilda «UzMobile» filialining abonentlar bazasi ikki baravarga ko‘payib, 5 000 000 dan oshdi.
GSM tarmog‘i ishga tushirilgandan beri UZTELECOM butun mamlakat bo‘ylab, hatto eng chekka hududlarida ham sifatli va qulay xizmatlarni taqdim etib, insonlarning mehrini va ishonchini qozonishga intildi.
O‘zining 5 yilligi kuni, butun dunyo boshidan kechirayotgan og‘ir vaziyatni hisobga olgan holda, UZTELECOM o‘z abonentlariga 30 kun davomida foydalanishlari mumkin bo‘lgan MB, daqiqalar yoki SMS to‘plamlarini sovg‘a qilmoqda!
Sizlar 5 yil davomida biz bilan birga bo‘lganingizdan, yaqinlaringiz va do‘stlaringiz bilan bo‘lgan munosabatlaringizni bizga ishonganingiz uchun har biringizga alohida tashakkur aytamiz!
Aksiyaning amal qilish muddati 15.04.2020 dan 19.04.2020 gacha.
Batafsil ma’lumot bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter