Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell Toshkentda 5G tarmog‘ini ishga tushirganini e’lon qildi

Ucell Toshkentda 5G tarmog‘ini ishga tushirganini e’lon qildi

Ucelldan 5G mobil aloqasi endi Toshkent aholisi uchun mavjud, deya xabar qildi kompaniya rasmiy kanali.

Qayd etilishicha, 5G mobil aloqasi Tashkent City biznes markazida ishga tushirilgan.

Kompaniya yangi formatdagi mobil aloqa qamrovi doirasini kengaytirish niyatida va tez orada mazkur texnologiya O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham yo‘lga qo‘yiladi.

Beshinchi avlod aloqasi – bu shunchaki o‘ta tezkor internet emas. Real sharoitdagi 5G tezligi, taxminan, 1Gbit/c.ni tashkil qiladi. Shu tariqa ma’lumotlarni uzatish 4G texnologiyasiga qaraganda 10-100 baravar tezroq amalga oshadi.

2021-yil 8-apreldan boshlab Ucellning Toshkentdagi barcha ofislarida 5G mobil aloqasiga ulanish imkoniyati mavjud, deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring