Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ucell: mobil aloqa bozoridagi peshqadamlik siri nimada? (video)

Bugungi kunda «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) mobil aloqa bozorida peshqadam bo‘lib bormoqda. Bu, birinchi navbatda, eng so‘nggi texnologiyalarga investitsiyalar kiritish va abonentlarga individual yondoshish bilan bog‘liq, deyishmoqda kompaniya mutaxassislari.

«Xabar.uz» ijodiy guruhi Ucell kompaniyasining hududlardagi ofislari faoliyati haqida videoreportajlar tayyorlamoqda. Bu safar kameralarimiz «Ucell-Andijon» mintaqaviy filialiga qaratildi.

«Ucell-Andijon» mintaqaviy filialining abonent bazasi 748,462 ming abonentni tashkil etadi. Har kuni front-ofislar yuzdan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.

Andijon viloyatida Ucell mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi 154 dilerlik punkti va 243 savdo nuqtalari mavjud bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida dilerlik punktlarida monitoringlar olib borilmoqda va operatorlarni o‘qitish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.

«Biz viloyatning barcha hududlarini sifatli aloqa xizmatlari bilan ta’minlashga harakat qilmoqdamiz. O‘tgan yili muhandislar bilan birgalikda aloqa sifatini o‘rganish va uni yaxshilash maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etdik. Ushbu uchrashuvlar natijalari bo‘yicha tarmoqni 2020-2022 yillargacha rivojlantirishning rejasi tuzildi. Karantin davrida biz ishchilarni har kuni uyidan ish joyiga olib kelib, olib borib qo‘yishni tashkil qildik. Ish joyida barcha xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan. Har kuni ofisda 4 marta dezinfiksiya amalga oshiriladi», — deydi «Ucell-Andijon» mintaqaviy filiali direktori Baxtiyorjon Turdiyev.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring