Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell»: «Kuz mavsumi sovg‘alarga boy bo‘ladi»

«Ucell»: «Kuz mavsumi sovg‘alarga boy bo‘ladi»

O‘zining xayrli tashabbuslari va zamonaviy yondashuvlari bilan ajralib turuvchi ilg‘or kompaniyalaridan biri – «Ucell» mobil aloqa foydalanuvchilari uchun qulayliklar yaratishda davom etmoqda. Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, kuz mavsumi abonentlar uchun sovg‘alarga boy bo‘ladi.

«Abonentlar uchun eng yaxshi yangiliklardan biri bu – internet to‘plamlarining yangilanganidir. Endi foydalanuvchilarimiz avvalgidan arzonroq narx evaziga ko‘proq trafikka ega bo‘lishlari mumkin. Odatda mobil aloqa bo‘yicha yangiliklar amalga oshirilganda, avvalgi narx evaziga ko‘proq internet-trafik, yoki avvalgi trafik evaziga arzon narx taklif qilinadi. Biz esa ham trafikni oshirdik, ham narxlarni tushirdik», – deydi kompaniya mutaxassisi Andrey Shadrin. – Yana bir e’tiborli jihati – «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturi doirasida tarmoqda bo‘lib kelayotgan muddatiga va maqomiga bog‘liq holda ayrim abonentlar oylik internet to‘plamlari uchun qo‘shimcha 70 foizgacha trafik olishlari mumkin».

Andrey Shadrin

Mazkur «chempion»-trafiklar bo‘yicha to‘liq ma’lumot ushbu havolada taqdim etilgan.

«Yangiliklar shu bilan cheklanmay, abonentlarga qator bonuslar ham taklif qilinmoqda. «Bonuslar mavsumi» aksiyasi doirasida «Ucell»ga endigina ulangan foydalanuvchilar avtomatik ravishda bepul trafik, daqiqa va SMSlarga ega bo‘lishadi», — deydi kompaniya vakili Doniyor Mo‘minov.

Doniyor Mo‘minov

Bu aksiya haqidagi batafsil ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Shuningdek, oktyabr oyida ham abonentlarni turli sovg‘alar kutmoqda. Ular haqda kompaniya tomonidan kelgusi xabarlarda batafsil ma’lumot taqdim etiladi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring