Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent yoshlar forumi»da «Eng yaxshi yosh ixtirochi» aniqlandi

«Toshkent yoshlar forumi»da «Eng yaxshi yosh ixtirochi» aniqlandi

Abbos Nasimov.

Foto: «Uztelecom.uz»

«O‘zbektelekom» AK muhandisi «Toshkent yoshlar forumi» doirasida «Yilning eng yaxshi yosh ixtirochisi» nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Poytaxtimizdagi Kongress-hollda bo‘lib o‘tgan «Toshkent yoshlar forumi-2021» doirasida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Xususan, «Yilning eng yaxshi yosh ixtirochisi» nominatsiyasida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi» filialining innovatsiya va AKTni joriy etish xizmati yetakchi muhandisi Abbos Nasimov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U hokimlik xodimlarining ish jarayonini avtomatlashtirish imkonini beruvchi «Smart hokimiyat» innovatsion loyihasini taqdim etgandi.

Abbos Nasimov 1998-yilda Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2021-yilda Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlaganidan so‘ng kompaniya bo‘limiga ishga joylashgan. Yosh xodimning ishga ijodiy va mas’uliyat bilan yondashishi, o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatishi uning kelajakda bunday nufuzli tadbirda g‘olib bo‘lishiga zamin yaratdi.

Forum O‘zbekistonda ikkinchi bor o‘tkazilmoqda: 2020-yilda 10 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etgan bo‘lsa, bu yil 15 ming nafarga yaqin yoshlardan qatnashish uchun arizalar kelib tushdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring