Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanoat yarmarkasida «O‘zbektelekom» AK mahsulotlari taqdim etildi

Sanoat yarmarkasida «O‘zbektelekom» AK mahsulotlari taqdim etildi

Joriy yilning 18-22-noyabr kunlari «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu yarmarka va birjada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 3-pavilonda katta hajmdagi stendi bilan ishtirok etmoqda, deb xabar berdi AKT vazirligi matbuot xizmati.

Foto: «Mitc.uz»

Unda «O‘zbektelekom» AK o‘zining ishlab chiqarish korxonalari bo‘lgan – «Telecom Devices Pro», «Telecom Innovations», «Telmax Elektroniks»,  «Granit», «ZTT Telekom» va «Smart Vision» korxonalari mahsulotlarini taqdim etmoqda.

Foto: «Mitc.uz»

«Telecom Devices Pro» MChJ 2012-yilda «Navoiy» erkin iqtisodiy hududida tashkil etilgan. Korxonaning asosiy faoliyati CDMA-450 standartidagi mobil va statsionar telefonlar, planshet kompyuterlar ishlab chiqarishdan iborat. «Telecom Devices Pro» MChJ Markaziy Osiyoda CDMA-450 qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yagona korxona hisoblanadi.

«Navoiy» erkin iqtisodiy hududida joylashgan «Telecom Innovations» QK ADSL modemlar, DSLAM uskunalar, optik konsentratorlar, raqamli televideniye «set-top-box» priyomniklari va abonentlar hamda «O‘zbektelekom» AK ATSlari uchun uskunalarni ishlab chiqaradi.

Kecha o‘z ishini boshlagan sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi 22-noyabriga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring