Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamlashgan soliq tizimi nimalarga erishdi? (video)

Raqamlashgan soliq tizimi nimalarga erishdi? (video)

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash fuqarolarning faolligi va madaniyatini aks ettiradi. So‘nggi yillarda soliq qonunchiligiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritilishi barobarida soliq to‘lovchilar uchun qulay va tejamkor tizimlar ham yaratildi.

Avvallari soliqlar kassaga borib, turnaqator navbatlar kutib, asabiylashish bilan to‘langan bo‘lsa, hozirga kelib maxsus dastur va ilovalar bu kabi ishlarni onlayn bitirish imkoniyatini taqdim etmoqda. Shuningdek, raqamlashtirish tufayli shaffoflik, qulaylik ortib, tashkiliy ishlar tartibli kechmoqda.

«Qulay hayot» loyihasining navbatdagi sonida raqamlashayotgan soliq tizimi faoliyati haqida ma’lumot berildi. Soliq organlari bilan o‘zaro munosabatlardagi asosiy nuqtalar va muammolar haqidagi savollarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Dildora Hoshimova javob qaytardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring