Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo viloyatida Mobiuzning yangi xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi

Qashqadaryo viloyatida Mobiuzning yangi xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi

U uyali aloqa operatorining viloyatdagi to‘rtinchi ofisi bo‘lib, Qarshi shahrining I.Karimov ko‘chasidagi mobil qurilmalar va jihozlar sotiladigan savdo  joylashgan.

Qashqadaryo viloyati O‘zbekistonning eng yirik mintaqalaridan biri bo‘lib, Belgiya yoki Niderlandiya mamlakatlariga teng hududni egallaydi. Shuningdek, u uglevodorodlarni qazib olish va tabiiy gazni qayta ishlash bo‘yicha respublikaning sanoat markazlaridan biri hisoblanadi. Viloyat aholisi 3,57 million kishini tashkil qiladi.

Mobiuz viloyatda o‘ziga qarashli ofislar va tijorat hamkorlarining savdo nuqtalari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha strategik ishlarni amalga oshirmoqda.

Kompaniyaning Qarshidagi yangi ofisi joylashuvi tasodifan tanlanmagan – I.Karimov ko‘chasi shahardagi eng gavjum ko‘chalardan biri bo‘lib, bu yer mobil qurilma va jihozlar sotiladigan joy hisoblanadi. Ofis binosi zamonaviylashtirilgan ko‘rinishga ega bo‘lganligi uchun ushbu ko‘chaga yanada chiroy bag‘ishladi.

Mobiuz ofisining tashqi va ichki ko‘rinishi to‘liq kompaniya brend platformasiga mos ravishda yaratilgan. Devor va mebellarni bezashda oq, och kulrang va qizil ranglarning kombinatsiyasidan foydalangan holda Hi-Tech uslubi qo‘llanilgan. Qulaylik va osoyishtalik muhitini yaratishga ustuvor ahamiyat berilgan.

Mobiuz savdo va xizmat ko‘rsatish ofisining ochilishi karnay va surnay sadolari ostida tantanali ruhda o‘tdi.

Qarshi shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sarvar Qayumov, Mobiuz Bosh direktorining marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova, Qarshi shahridagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi rahbari Sherzod Xushimovlar tabrik so‘zlari bilan chiqishdi. Qizil lentani kesish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ko‘plab mehmonlari uchun turli sovrinlar yutib olish imkonini beruvchi ko‘ngilochar dastur tashkil etildi. Shuningdek, ular kompaniyaning zamonaviy ofisi, tarif rejalari va xizmatlari bilan tanishish, mobil aloqaning barcha masalalari bo‘yicha maslahatlar olish imkoniga ega bo‘ldi.

Mobiuzning Qarshi shahridagi yangi ofisi manzili: I.Karimov ko‘chasi, 254-uy. Mo‘ljal: “Bahor” savdo majmuasining orqa tomoni. Ish vaqti: har kuni, soat 9 dan 18 gacha.

Video

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring