Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Profilaktika o‘tkaziladi: telekanallar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladimi?

Profilaktika o‘tkaziladi: telekanallar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladimi?

Foto: «Crrt.uz»

O‘zbekiston Respublikasi aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta’minlash maqsadida «RRTM» DUKning texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda o‘chirib, profilaktika ishlarini amalga oshirish zarur.

«RRTM» DUKning raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida, teleradio uzatkichlarida, antenna-fider tizimlarida va sun’iy yo‘ldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarida yarim yillik profilaktika ishlari joriy yilning 6-30 iyul kunlari o‘tkaziladi.

14-iyul kuni soat 01:00 dan 06:00 gacha (13-iyuldan 14-iyulga o‘tar kechasi) raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida va soat 01:00 dan 10:00 gacha teleradio uzatkichlarda yarim yillik profilaktika o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu vaqtda Toshkent shahrida va respublika bo‘yicha raqamli teledasturlarni (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlaridan tashqari) tarqatish vaqtincha to‘xtatiladi. Bunda Toshkent shahrida va bir qator viloyatlarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlarini tarqatish to‘xtatilmaydi, lekin ayrim sifat pasayishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ham 6-28-iyul kunlari soat 01:00 dan 10:00 gacha davlat, nodavlat, mahalliy va «UzDigital TV» MChJning tijorat telekanallarini uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida yarim yillik profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

To‘xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring