Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident tashrifi doirasida Marg‘ilonda yangi markaz ochildi (video)

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifi doirasida Marg‘ilonda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

Foto: Xabar.uz

Ikki qavatli, jami 3100 kvadrat metr maydonni egallagan bu ko‘rkam binoda 120 ta ish o‘rni yaratilgan. Markazda o‘rta maktablarning 7 va 11-sinf o‘quvchilari, axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar, talabalar shu yo‘nalishlarda o‘qitiladi. Kelgusida ular Farg‘ona viloyatida ochiladigan IT-Park filialida ishlashlari mumkin bo‘ladi.

Foto: Xabar.uz

Shuningdek, mazkur markazda davlat tashkilotlari xodimlari hamda maktablarning axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining AKT bo‘yicha malakasi oshirib boriladi.

Foto: Xabar.uz

Umuman olganda,  2020-2021 yillarda viloyatda shunday 19 ta markaz ochilishi rejalashtirilgan, jumladan, joriy yilning o‘zida Dang‘ara, Bag‘dod  Rishton tumanlari va Farg‘ona, Qo‘qon va Quvasoy shaharlarida raqamli texnologiyalar markazlari ishga tushiriladi.

Foto: Xabar.uz

Markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yishda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati va mutaxassislari, soha korxona hamda tashkilotlari xodimlarining xizmati katta bo‘ldi.

Foto: Xabar.uz

Ushbu zamonaviy o‘quv maskani faoliyati, kelgusi rejalari, bu yerda amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida Raqamli texnologiyalar markazi direktori Bahrom Jalilov «Xabar.uz» muxbiriga so‘zlab berdi. Intervyuni yuqoridagi videoda ko‘rishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring