Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda xalqaro darajadagi yuqori texnologik kompleks yaratiladi

O‘zbekistonda xalqaro darajadagi yuqori texnologik kompleks yaratiladi

Foto: «Mitc.uz»

Toshkent shahridagi Inha universitetida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi. Shu bilan birga, unda Huawei, KT, UZBEKTELECOM, UMS, UCELL, BELINE, ZTE, RWC kompaniyalari rahbarlari qatnashdilar, deb xabar bermoqda AKT vazirligi axborot xizmati.

— Bugungi kunda IT-Park umumiy maydoni 2800 kvadrat metr bo‘lgan birinchi binosini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari yakunlandi. Unda 300 nafar mutaxassisga ega rezident kompaniyalar, shuningdek, elektron tijorat, sun’iy aql, axborot texnologiyalari ta’limi, moliya va tibbiyot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki 15 ta startap tashabbuslari akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida ishtirok etish uchun joylashtirildi. Axborot texnologiyalari yo‘nalishiga investitsiyalarni jalb qilish, shu jumladan, mamlakatda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan IT-Park majmuasida mamlakatimizdagi barcha axborot texnologiyalari jamoalari, shu bilan birga, butun Markaziy Osiyoning nazarini qaratish kutilmoqda. Axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislarni xalqaro darajaga mos yuqori texnologik kompleks yaratish uchun jalb qilish rejalashtirilmoqda, — dedi AKT vaziri bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda.

Uchrashuv yakunida tomonlar axborot texnologiyalari sohasida izchil hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kengaytirishga kelishib oldilar.

Bundan tashqari, o‘zaro amalga oshirilayotgan loyihalarning holati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokama qilindi hamda O‘zbekistondagi loyihalar portfelini yanada kengaytirish yo‘llari ishlab chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring