Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston jahonda 5-o‘rinda qayd etildi

O‘zbekiston jahonda 5-o‘rinda qayd etildi

«Open data Inception» ma’lumotiga ko‘ra, jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 5-o‘rinni egalladi.

Mamlakatimiz ushbu reytingda 99 ta ochiq ma’lumotlar manbalari bilan AQSh, Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyadan keyingi pog‘onani band etgan.  

«Eslatib o‘tamiz, yaqinda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqini (data.egov.uz manzilida) ishga tushirilgandi.

Hozirda davlat idoralari uchun «Ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish» mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda», deyiladi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring