Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

My.gov.uz da yangi xizmat! Yoshlarga xalqaro imtihon xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

My.gov.uz da yangi xizmat! Yoshlarga xalqaro imtihon xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

YaIDXPda Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishiga doir davlat xizmati ishga tushdi.

Undan imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar.

Shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan qonuniy vakillar foydalanishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun:

Elektron tarzda ariza berish va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qilish kifoya:

a) imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi (pdf formatda);

b) maxsus sertifikat (pdf formatda);

Shuningdek, ushbu jarayonda ariza beruvchi kompensatsiyani olish uchun o‘ziga qulay hududdagi Xalq banki filialini tanlaydi.

Yana bir muhim jihati, YaIDXP orqali murojaat etilganda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab qilinmaydi.

Sizga bog‘liq bo‘lmagan jarayonlar...

Yoshlar ishlari agentligi murojaat YaIDXP orqali kelib tushgan paytdan boshlab 15 kun davomida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi. Alohida o‘rganish talab etilgan hollarda jarayon 30 kungacha cho‘zilishi mumkin.

Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlansa, ariza beruvchilarning reyestri shakllantiriladi. Reyestrga muvofiq kompensatsiya mablag‘lari Xalq bankining hisob varag‘iga moliyalashtiriladi va xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi.

Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa, bu haqida idoralararo elektron tizimga ma’lumot kiritiladi va ariza beruvchiga bir ish kunida xabar jo‘natiladi.

Xizmat natijasi bo‘yicha ariza beruvchiga SMS xabar kelsa, Xalq banki filiali kompensatsiya to‘lovini amalga oshiradi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring