Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ming karra kuchli: Yaponiyada titandan ilk quyosh paneli yasaldi

Ming karra kuchli: Yaponiyada titandan ilk quyosh paneli yasaldi

Foto: Unión Rayo

Tokio universiteti olimlari titandan ilk quyosh panelini yasashdi. Titan dioksidi (TiO₂) va selen (Se) asosidagi quyosh paneli kremniyli odatiy panellarga nisbatan solishtirib bo‘lmas darajada ko‘p elektr ishlab chiqaradi, deyiladi Unión Rayo portali xabarida.

Titanli panellar kremniyli panellardan 1000 baravar kuchli bo‘lishi mumkin.

Biroq favqulodda chidamli va korroziyaga bardoshli bu metall o‘ta qimmat. Shu bois tadqiqotchilar titanni ishlab chiqarishning nisbatan arzon yo‘llarini ham qidirishmoqda, jumladan, uni tozalashda ittriydan foydalanishni taklif etishyapti. An’anaviy usullar esa juda yuqori harorat va tannarxi ancha qimmatga tushuvchi kimyoviy jarayonlardan iborat.

Nodir minerallar tarkibida mavjud ittriy deyarli barcha sohalarda — yorug‘lik diodli ekranlardan tortib o‘ta yuqori o‘tkazuvchilargacha qo‘llanilmoqda. Ayni holatda esa uning ahamiyati nisbatan kamxarj tozalash qobiliyatiga egaligi va titan uchun quyosh energetikasi tomon yo‘l ochish imkoniyatiga egaligida.

Biroq yakuniy titan mahsulotida ittriyning mikroskopik qoldiqlari qoladi, bu uning yaroqlilik muddatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Tadqiqotchilar oldida ana shu muammoni hal etish masalasi turibdi.

«Agar tadqiqotchilar bu to‘siqdan oshib o‘tishsa, titan inqilobi tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin», — deb yozdi nashr.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring