Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ko‘zi ojizlar uchun ilk smartfon sotuvga chiqarildi

Ko‘zi ojizlar uchun ilk smartfon sotuvga chiqarildi

Foto: «Facebook»

Ko‘rish qobiliyati kuchsizlangan yoki butunlay yo‘qolgan insonlar uchun ilk marotaba Hindistonda smartfon ishlab chiqarildi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti «Facebook»da xabar berdi.

Telefon korpusida Brayl shrifti qo‘llangan. Smartfonda ishlatilgan «Shape Memory Alloy» texnologiyasi shaklni xotirlash effekti (ayrim materiallarning dastlabki o‘zgarishdan keyin qizdirilsa yana avvalgi holatiga qaytish xususiyati)ga qurilgan.

Smartfon ekrani, agar uni shunday atash mumkin bo‘lsa, talab bo‘yicha tepadan pastga qarab joylangan kontaktlar tarmog‘idan iborat turli kontaktlar muayyan harflar yoki simvollarni anglatadi.

Ekran o‘ziga xos tarjimon vazifasini bajaradi, oddiy, hammaga ma’lum harflardagi matnni Braylga yoki teskarisiga o‘girib beradi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring