Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Korrupsiyaga duch keldim...» — maxsus dastur ishga tushdi

«Korrupsiyaga duch keldim...» — maxsus dastur ishga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta’minot ishga tushirildi.

Qayd etilishicha, internet tarmog‘idagi mazkur eanticor.uz dasturi test rejimida ishga tushirilgan bo‘lib, unda korrrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni to‘rtta shaklda, ya’ni:

  • «Korrupsiyaga duch keldim va pora berishga majbur bo‘ldim»;
  • «Korrupsiyaga duch keldim va pora bermadim»;
  • «Pora bilan bog‘liq bo‘lmagan korrupsiyaga duch keldim»;
  • «Halol ishlaydigan davlat xizmatchisini uchratdim» kabi mavzularda yuborish mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi eanticor.uz orqali berilayotgan korrupsiya holatlari haqidagi murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqishi bilan bir qatorda berilgan murojaatlar asosida sohalardagi korrupsion holatlarni tahlil qiladi va o‘tkaziladigan tahlil natijalariga ko‘ra korrupsiyaga imkon yaratayotgan omillarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Jumladan, korrupsiyaga yo‘l ochib berayotgan normalarni o‘zgartirish, bekor qilish yoki qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va ularni amalga oshirish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, eanticor.uz dasturiy ta’minoti orqali fuqarolarning korrupsiyaga oid murojaatlari asosida vazirlik, idoralar, viloyat va tumanlarning statistik reytingini kuzatib borish imkoniyati yaratildi. 

Bunda, tegishli idoralar mutasaddilari reytingdan tegishli xulosalarni chiqargan holda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Hozirda mazkur tizimda yanada qulayliklar yaratish maqsadida dastur takomillashtirib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring