Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kollej va texnikumlar: endi to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda olish mumkin

Kollej va texnikumlar: endi to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda olish mumkin

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Kollej va texnikumlarda to‘lov-shartnoma miqdorlarini o‘tgan yilgi miqdorda saqlab qolgan, ya’ni oshirmagan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu jarayon raqamlashtirilganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Joriy yilda Davlat test markazining maxsus platformasidan kunduzgi, sirtqi, kechki hamda dual ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan va birinchi bosqichga tavsiya etilgan texnikum va kollej o‘quvchilariga to‘lov-shartnoma berish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi.

Endi o‘quvchilar to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun vazirlikning prof-kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Vazirlik onlayn ro‘yxatdan o‘tish va shartnoma olish bo‘yicha videoyo‘riqnomani ham ilova qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring