Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kadastr ob’yektiga taqiqni onlayn tekshirsa bo‘ladi

Kadastr ob’yektiga taqiqni onlayn tekshirsa bo‘ladi

My.gov.uzda kadastr ob’yektiga taqiqni tekshirish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirilgan.

Topgan-tutganini yig‘ib, o‘zaro ishonch shartnomasi asosida uy-joy sotib olish niyatingiz bor. Erta-indin notarius idoralariga oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun murojaat qilinsa-yu, ob’yektga taqiq chiqib tursa yoki sotish huquqi mavjud emasligi aniqlansa, yana ovoragarchiliklar boshlanadi.

Bularning barchasi bo‘lmasligi ham mumkin. Shartnoma tuzishdan avval my.gov.uz orqali ko‘chmas mulkka nisbatan taqiq bor-yo‘qligini aniqlashtiring.

Shuningdek, umumiy mulkka teng huquqli shaxslar bor-yo‘qligini ham tekshiring.

Va albatta oldi-sotdi shartnomasini notarius organlarida rasmiylashtiring va to‘lovlarni qonun doirasida amalga oshiring, deyiladi portal kanalida berilgan xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring