Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT Bilim kompaniyasi Epam bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

IT Bilim kompaniyasi Epam bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

IT Bilim kompaniyasi IT sohasida dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan Epam bilan global IT mehnat bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘zbekistonlik yoshlarga xalqaro kompaniyalarda amaliyot o‘tashga ko‘mak berish maqsadida hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Ma’lumot uchun, Epam Systems 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, raqamli transformatsiya xizmatlari, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda raqamli platformalar va mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi global provayder hisoblanadi.

Ushbu qo‘shma loyiha mahalliy va xorijiy kompaniyalarda ishlash uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi. Bu mutaxassislar uchun o‘z malakasini oshirish va mehnat bozorida raqobatbardosh kadrga aylanishga ko‘maklashadi.

IT Bilimlarini rivojlantirish markazi esa Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 avgustdagi «Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 556-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan moliyalashtiruvchi tashkilot hisoblanadi.

Uning asosiy maqsadi axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha yosh mutaxassislarni tayyorlash, ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, hamda mamlakat IT sanoati rivojiga hissa qo‘shishga qodir bo‘lgan yosh avlodning iqtidor va salohiyatini rivojlantirishdan iborat.

Markaz mazkur sohada bir qator dastur va loyihalarni amalga oshirmoqda. Jumladan:

— IT ta’lim uchun sarflangan xarajatlarni qoplash. Yetakchi o‘quv markazlarining IT kurslarini o‘z ichiga olgan hamda o‘quv kurslarini bo‘lib to‘lash evaziga ta’lim olish imkoniyatini yaratuvchi bilgi.uz marketpleysi.

— Amaliyot o‘tash uchun ijtimoiy loyiha. IT-Intern ijtimoiy loyihasi yosh IT-mutaxassislarni xorijiy va maxalliy kompaniyalarda amaliyot o‘tashga yo‘naltirish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, malakali mutaxassislar orasida tajriba to‘plashlari uchun yaratilgan loyixa. 2023 yilning dekabr oyida yo‘lga qo‘yilgan yosh IT-Intern mutaxassislarni amaliyot o‘tashga yo‘naltirish loyixasi doirasida 40 ta kompaniya va 50 ta o‘quv markazi bilan xamkorlik o‘rnatilgan. Bugungi kunda yosh mutaxassislar bazasi 7000 nafarga yetgan.

— Kadrlar agentligi. Kadrlar salohiyatini rivojlantirish va yosh IT mutaxassislarining ishga joylashishiga yordam ko‘rsatish maqsadida yaratilgan loyiha bo‘lib, O‘zbekiston va xorijdagi yetakchi kompaniyalar uchun IT mutaxxassislarni tanlash va ishga joylashtirishga yordam berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.

— IT Bilim akademiyasi. Bu innovatsion IT o‘quv markazi bo‘lib, unda xalqaro ta’lim dasturi asosida IT kurslarni o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.  Loyixaning maqsadi akademiya talabalarini raqamli muhitda samarali ishlash uchun bilim, ko‘nikma va tajriba bilan ta’minlash orqali IT & BPO sohasida muvaffaqiyatli kareraga tayyorlashdir.

— Xalqaro test markazi. Bu xalqaro standartlarga javob beradigan maxsus jihozlangan maydon bo‘lib, unda mutaxassislar uchun IT sohasidagi bilim va malaka darajasi bo‘yicha onlayn test sinovlaridan o‘tish imkoniyati yaratilgan.

Mutaxassislar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan holatda, ularning bilim va ko‘nikmalarini baholovchi xalqaro hamkor tashkilotlarning butun dunyo miqyosida tan olingan xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

— IT-Market – bu bo‘sh ish o‘rinlarini va axborot texnologiyalari sohasidagi malakali mutaxassislardan arizalarni izlash uchun keng imkoniyatlarni taqdim etuvchi platforma, bu yerda IT vakansiyalar va MDHning barcha mamlakatlaridagi IT mutaxassislarining rezyumelari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi mavjud.

IT Bilim akademiyasi yo‘nalishida talabalarni xalqaro standartlarga mos o‘quv qo‘llanma bo‘yicha o‘qtitish maqsadida Cisco, OpenEDG instituti va Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Linux Professional Institute (LPI) bilan shartnoma imzolandi. OpenEDG instituti tarkibiga:

— Python instituti;
— JS instituti;
— S++ instituti;
— O‘quv va talabalarni qo‘llab-quvvatlash platformasi kiradi.

Telegram     Instagram     Facebook     Sayt

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring