Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hududlarga tashrif nima beradi?

Hududlarga tashrif nima beradi?

Avval xabar berilganidek, Samarqand viloyatida xizmat safarida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi ishchi guruh Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUKning Samarqand radioteleuzatish markazi va Samarqand superradiouzatish stansiyasi, IT-Parkning Samarqand filiali hamda «Elektromagnit moslashuv markazi» DUKning Samarqand viloyat elektromagnit moslashuv xizmati faoliyati bilan tanishgan edi.

Tizim korxona, tashkilot va muassasalarida samarali va qiziqarli kechgan uchrashuvlarda soha xodimlarining mehnat qilishlari va talabalarning sifatli bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar diqqat bilan ko‘zdan kechirildi, ba’zi masalalarga shu joyning o‘zida yechim topildi.

Eng muhimi, bunday muloqotlarda haqiqiy ahvol qanday ekanligi o‘rganildi, sohani yanada rivojlantirish uchun takliflar olindi. Bu, tabiiyki, kelgusi vazifalarning sifatli amalga oshirilishiga kuchli turtki, stimul beradi.

Bugun, 17-aprel kuni AKT vaziri Shuhrat Sodiqov yana bir soha tashkiloti – «O‘zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya Transport Tarmog‘i» filialining to‘rtinchi texnik bog‘lamasi faoliyati bilan tanishdi.

Bu yerdagi uchrashuvda bog‘lama boshlig‘i Erkin Esanov hamda bosh muhandis Anvar Haitovlar bog‘lamada amalga oshirilgan ishlar haqida gapirib berishdi. Ushbu ob’yekt 1964-yili qurilgan. Ma’muriy bino hozirda talab darajasida ta’mirlanib, bog‘lama hududi obodonlashtirilgan.

AKT vaziri Shuhrat Sodiqov bog‘lama faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalarini berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring