Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Huawei Toshkentdagi maktablarga ko‘maklashishda davom etmoqda

Huawei Toshkentdagi maktablarga ko‘maklashishda davom etmoqda

2017 yili Toshkent shahridagi xitoy tilini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan 59-sonli maktabda Huawei kompaniyasi tomonidan maktab ta’limiga «smart» texnologiyalarni joriy qilishga doir ilk boshlang‘ich loyiha amalga oshirilgan edi. O‘qituvchilar bayrami va Xitoyda keng nishonlanadigan kuz o‘rtasidagi an’anaviy bayram (Oy bayrami) 1 oktyabr sanasiga to‘g‘ri kelgani munosabati bilan Huawei vakillari ushbu maktabga yana tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida maktab rahbariyatiga beg‘araz yordam sifatida maktabning texnik bazasini yaxshilashga mo‘ljallangan noutbuk, smart TV, printerlardan iborat ofis jihozlari topshirildi.

«Jamiyatda o‘qituvchining o‘rni hozir har qachongidan-da muhim, ayniqsa, ushbu yil O‘zbekistonda ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga bag‘ishlanganini inobatga olsak, buning ahamiyati yanada ortadi. Uchala yo‘nalishdagi taraqqiyotni birlashtirib, raqamli poydevorni kuchaytirgan holda, mamlakatni raqamlashtirishga xizmat qiladigan ishonchli kadrlar zaxirasini shakllantirish mumkin. Huawei kompaniyasi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni ushbu bayram bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va sharafli mehnatlarini ado etishda ulkan matonat tilaydi», — dedi Huawei O‘zbekiston direktori Forrest Lyu.

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda 20 yildan buyon faoliyat yuritib, muntazam ravishda ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilishga alohida urg‘u qaratib keladi. Bugungi kunda Huawei texnologiyalari asosida jihozlangan «aqlli» o‘quv xonalari «International House» litseyi, 250 va 133-sonli umumta’lim maktablari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabida ochilgan bo‘lib, bundan tashqari, Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Institutida intellektual doska yordamida masofadan o‘qitish tizimi ishga tushirilmoqda.

Har yili kompaniya tomonidan global miqyosda yosh iste’dodlarga axborot texnologiyalari olami eshigini ochadigan Seeds for The Future loyihasi o‘tkazib kelinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring