Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Google Kaliforniyada kelajak kampusini ochdi (foto)

Google Kaliforniyada kelajak kampusini ochdi (foto)

Foto: Google

Google kompaniyasi Kaliforniyada yangi kampusini ochdi. Kampusning o‘z quyosh panellari va geotermal tizimi bor.

Kampus binolari Mauntin-Vyuda joylashgan. Futuristik sirk chodirlarini eslatuvchi osma tomlarda 50 mingta atrofida kichik quyosh panellari o‘rnatilgan.

Yangi kampus suvni tejaydi, undagi kabi yirik geotermal tizim Shimoliy Amerikada yo‘q.

Futuristik kampusi bilan Google o‘z bosh maqsadiga yanada yaqinlashganini ko‘rsatdi — 2030 yildan tiklanuvchi energiyaga to‘liq o‘tmoqchi. Hozir kompaniya ishlatayotgan energiyaning 90 foizi — «yashil energiya».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring