Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» 3,2 milliard soxta profillarni o‘chirib yubordi

«Facebook» 3,2 milliard soxta profillarni o‘chirib yubordi

AQShning «Facebook» korporatsiyasi 2019-yilning aprel oyidan sentyabrigacha bo‘lgan muddatda 3,2 milliardga yaqin soxta akkauntlar yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Ushbu ma’lumot tashkilot veb-saytida e’lon qilingan.

Ta’kidlanganidek, apreldan iyungacha 1,5 milliard, iyuldan sentyabrgacha esa yana 1,7 milliard sahifa yo‘q qilindi.

2018-yilning turli davrlarida 800 million va 754 million akkauntlar yo‘q qilindi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, barcha holatlarda «Facebook» xodimlari foydalanuvchilar shikoyatlarini yuborishdan oldin chora ko‘rishgan.

Shunday qilib, apreldan sentyabrgacha zo‘ravonlikni eslatuvchi 4,1 milliarddan oshiq postlar va zo‘ravonlik haqida 54,5 million nashr yo‘q qilindi.

Shuningdek, terroristik guruhlarni targ‘ib qiluvchi 11,1 million post, etnik, etnik va irqiy adovatni qo‘zg‘ashga qaratilgan yana 11,4 million xabar tarmoqdan o‘chirib yuborildi.

Bundan tashqari, «tozalash» ishlari kompaniyaning Instagram tarmog‘ida ham olib borildi.

Unda 2019 yil apreldan sentyabrgacha terroristik guruhlarni targ‘ib qiluvchi 240 mingga yaqin xabarlar va o‘z joniga qasd qilish yoki o‘zini qiynoqqa solish haqida 1,7 million xabarlar o‘chirib yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring