Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Birinchi buklama noutbuk sotuvga chiqdi (foto, video)

Birinchi buklama noutbuk sotuvga chiqdi (foto, video)

Foto: «GizChina.it»

«Lenovo» kompaniyasi planshet va noutbuk imkoniyatlarini jamlagan, dunyodagi ilk buklanuvchi noutbukka (ThinkPad X1 Fold) buyurtma olishni boshladi.

Ushbu noutbuk taqdimoti 2020-yilning yanvar oyida o‘tkazilgandi.

Xuddi «Samsung Galaxy Fold» smartfoni kabi, «ThinkPad X1 Fold» ham bukiladi, ammo OLED-displeyi anchagina katta (13,3 dyuym).

Foto: «Windows Central»

To‘liq yoyib qo‘yilsa, ulkan planshetga aylanadi.


Foto: «Mobile-review.com»

Moslamaga qo‘yib, simsiz klaviatura ulasangiz — noutbuk.


Foto: «3DNews»

90 darajaga buklasangiz — mini-noutbuk, displeyning quyi qismida ekran klaviaturasi paydo bo‘ladi.

«Lenovo» taqdim etgan «planshetbuk»ning texnik imkoniyatlari ham yuqori: 11-avlod Intel protsesori, USB-C uchun ikkita port, sim-kartalar uchun slot, 8 GB tezkor xotira, 1 TBgacha ichki xotira, 50 vatt-soatlik akkumulyator. Shuningdek, 5G-tarmoqqa ulanish imkoniyati.

«The Verge» yozishicha, AQShda «X1 Fold»ga buyurtma berish — $2499. Kompaniya buyurtmalarni 4-5 hafta ichida yetkazishni boshlashini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring