Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Armanistonning ilk sun’iy yo‘ldoshi fazoga olib chiqildi

Armanistonning ilk sun’iy yo‘ldoshi fazoga olib chiqildi

Foto: «ArmenPress»

Bosh vazir Nikol Pashinyan Armaniston tarixidagi ilk sun’iy yo‘ldosh fazoga olib chiqilganini vazirlar mahkamasi yig‘ilishida ma’lum qildi. Bu haqda «ArmenPress» xabar berdi. 

2022-yilning 25-may kuni Yerevan vaqti bilan soat 22:35 da AQShning Kanaveral kosmodromidan start berilgan «SpaceX» kompaniyasining Falcon 9 raketasi ilk arman fazoviy yo‘ldoshini Yer orbitasiga olib chiqqan.

Pashinyanning qo‘shimcha qilishicha, Armanistonning «Geokosmos» davlat kompaniyasi va Ispaniyaning «Satlantis» kompaniyasi hamkorligida ushbu natijaga erishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring