Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT vazirligi Misrdagi xalqaro konferensiyada qatnashmoqda

AKT vazirligi Misrdagi xalqaro konferensiyada qatnashmoqda

Foto: «MITC.UZ»

Sharm-ash-Shayx (Misr) shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI)ning 2019-yildagi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-19) bo‘lib o‘tyapti. Ushbu anjumanda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etmoqda.

Har uch-to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan Butunjahon radioaloqa konferensiyasi XEI Radioaloqa reglamentini, radiochastota spektri va sun’iy yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga soluvchi xalqaro shartnomani qayta ko‘rib chiqishga vakolatli. BRK-19 natijalari cheklangan orbital-chastota resurslaridan foydalanishni oxirgi foydalanuvchilar manfaati uchun boshqarishni yaxshilaydi, tartibga solish organlari va umuman butun dunyo bo‘ylab radioaloqa uchun ta’sir ko‘rsatadi.

BRK-19da raqamli iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydigan va telekommunikatsiya va AKT sohasiga katta ta’sir ko‘rsatadigan eng zamonaviy texnologik yangiliklarga bo‘lgan talablar ko‘rib chiqiladi.

Xalqaro tashkilotlar, uskunalar ishlab chiqaruvchilar, tarmoq operatorlari va tarmoq forumlarini ifodalovchi XEIga a’zo 193 davlatdan 3500 nafardan ortiq ishtirokchi, shuningdek, XEI radioaloqa sektorining 267 nafar a’zosi ishtirok etmoqda.

BRK-19 ishi davomida XEI Radioaloqa sektorining so‘nggi to‘rt yil davomida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini ko‘rib chiqish va muhokama qilish, shuningdek, XEI va mintaqaviy tashkilotlarning (BRK-19) kun tartibi masalalari bo‘yicha ulushlari (takliflari) asosida 30 dan ortiq masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi.

Foto: «MITC.UZ»

BRK-19 ishi 22-noyabrgacha davom etadi. Ushbu konferensiya doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning bir qator uchrashuvlari belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring