Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

200 dollardan arzon eng yaxshi Xitoy smartfonlari aniqlandi

200 dollardan arzon eng yaxshi Xitoy smartfonlari aniqlandi

Foto: «Xiaomi»

«GizChina» portali mualliflari narxi $200 gacha bo‘lgan eng yaxshi Xitoy smartfonlari reytingini tuzishdi. Bu haqda «Regnum» yozmoqda

Ushbu kategoriyada «Xiaomi» kompaniyasi sentyabr oyida taqdim etgan «Redmi Note 8» qurilmasi eng yaxshi deb topildi. «Snapdragon 665» protsessoriga qurilgan smartfon asosiy 48 megapikselli kamerasi, 6,3 dyuymli (Full HD+) katta ekrani bilan ajralib turadi.

«Oppo» kompaniyasining «Realme 5» smartfoni ikkinchi o‘rinda. Bu qurilma ham «Snapdragon 665» protsessorida ishlaydi. Bu smartfon garchi foto va video olish imkoniyati bilan «Xiaomi»dan ortda qolsa-da, batareyasi sig‘imi bo‘yicha ustun (5000 mAs — 4000 mAs).

Kuchli beshlikka «Realme Q» («Oppo»), «Note 9» («Meizu») hamda «Mi CC9e» («Xiaomi») ham kiritilgan.

Ma’lumot uchun: reytingni tuzishda qurilmalarning Xitoy internet-do‘konlaridagi o‘rtacha narxlari e’tiborda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring