Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilarni ogohlantirdi

Vazirlik 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilarni ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

16 yoshga to‘lgan o‘quvchilarning 55 ming nafari pasport (ID karta) olmagan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlarini so‘radi.

Qayd etilishicha, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirishi uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarur.

Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.

Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 400 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.

«Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar!

Farzandingizning konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, 16 yoshga to‘lgan farzandlaringizni o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini elektron bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni  so‘raymiz», deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etish zarur.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring