Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Test topshiriqlari soni qisqartirildi

Test topshiriqlari soni qisqartirildi

Foto: Xabar.uz

Test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi belgilandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

  • ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan, maksimal ball – 21 ball;
  • matematika – 10 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan, maksimal ball – 21 ball;
  • O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan, maksimal ball – 21 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 63 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

  • 1-fan – 20 ta savol. Har biri uchun 3.15 balldan, maksimal ball – 63 ball;
  • 2-fan – 20 ta savol. Har biri uchun 3.15 balldan, maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 126 ball.

2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 70 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTMlarga kirish imtihonlari qachondan boshlanishi aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring