Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’limni rivojlantirish markazi direktori ishdan ketdi

Ta’limni rivojlantirish markazi direktori ishdan ketdi

O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Hamidov Vohid Sobirovich Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi.

Bunga uning boshqa ishga o‘tishi sabab sifatida keltirilgan. 

Vohid Hamidov mazkur lavozimni 2023-yil iyun oyida egallagandi. Avval u AOKAda mas’ul lavozimda ishlagan. Markazning o‘zi esa Prezidentning 2023-yil apreldagi qarori bilan tashkil etilgandi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring