Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «O‘zim ham qishloqdan kelib, 15 yil ijarada yashagan odam sifatida buning qadrini juda yaxshi his qilaman»

Shavkat Mirziyoyev: «O‘zim ham qishloqdan kelib, 15 yil ijarada yashagan odam sifatida buning qadrini juda yaxshi his qilaman»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bundan bir yil oldin, 2019-yil 24-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilm-fan namoyandalari bilan uchrashgan edi. Olim va pedagoglarning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratib, ular uchun ko‘p qavatli uylar qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shunga muvofiq, Toshkentdagi Talabalar shaharchasi hududida 6 ta 9 qavatli turar joy bunyod etildi. 216 ta xonadon jihozlangan holda foydalanishga topshirildi. Devorlari energiya tejovchi materiallar bilan qoplangan. Xonadonlarga alohida isitish moslamalari o‘rnatilgan. Hovlilarida bolalar va sport maydonchalari, avtoturargohlar tashkil etilgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari bugun mazkur uylarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, xonadon egalari bilan suhbatlashdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

– Sizlarni, sizlar orqali bu yerda yashaydigan barcha oilalarni tabriklayman, mana shu shinam, zamonaviy uylar muborak bo‘lsin! O‘zim ham qishloqdan kelib, 15 yil ijarada yashagan odam sifatida bu narsaning qadrini juda yaxshi his qilaman. Biz olim va pedagoglardan natija kutardigu, sharoitini so‘ramasdik. Sizlarni ham rozi qiladigan vaqt-soat keldi. Ilmli odamlar – mamlakatimizning oltin fondi. Ularning qo‘lida kelajagimiz bo‘lgan bolalarimiz tarbiyalanadi. O‘qituvchilar uyli bo‘lib, oilasidan ko‘ngli to‘q bo‘lsa, kasbiga mehr bilan, Vatanga sadoqat bilan ishlaydi. Bu uylar sizlarga buyursin, shu yerda to‘ylar qilinglar. Farzandlaringiz, nevaralaringiz ota-onam ilmni tanlab kam bo‘lmadi, deb yursin, – deya ezgu niyatlar bildirdi Prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring