Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda o‘qituvchilar avansi kechikkani uchun XTB uzr so‘radi

Samarqandda o‘qituvchilar avansi kechikkani uchun XTB uzr so‘radi

Foto: Xabar.uz

Samarqand shahridagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining avans pullari kam berilganligi to‘g‘risidagi shikoyati yuzasidan ijtimoiy tarmoqda tarqalgan ma’lumotlarga Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limining munosabati.

Yaqinda feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida Samarqand shahridagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilari avans pullari oylik ish haqining 15-20 foizi miqdorida berilganligi (avans pullari oylik ish haqining 40 foizi miqdorida beriladi) bu kam mablag‘ning bayram oldidan yetishmasligi yuzasidan shikoyati e’lon qilindi.

Bu haqda shuni ma’lum qilamizki, joriy yilning 19 dekabr kuni umumta’lim maktablari o‘qituvchi va xodimlarining oylik ish haqidan ma’lum qismi avans sifatida tarqatildi. Bugun, ya’ni joriy yilning 23 dekabrdan boshlab ajratilgan mablag‘ning qolgan qismi ham tarqatilmoqda. 2019 yilning 24 dekabr kuni umumta’lim maktablari o‘qituvchi va xodimlariga avans to‘lovlari to‘liq to‘lab beriladi.

Yuzaga kelgan muammo uchun umumta’lim maktablari o‘qituvchi va xodimlaridan uzr so‘raymiz.

Samarqand shahar xalq
ta’limi bo‘limi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring