Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mento.uz bilan talaba bo‘lish yanada oson va arzon!

Mento.uz bilan talaba bo‘lish yanada oson va arzon!

Farzandingiz talaba bo‘lishini, darslarni o‘z vaqtida o‘zlashtirib borishini, uning qay tarzda ilm olayotganini muntazam kuzatishib borishni istayapsiz. Ammo pul, vaqt va masofa sizga noqulaylik tug‘diryaptimi? Biz sizga muammolarni yechishda ko‘maklashamiz.

Mento.uz sizga arzon, ammo sifatli ta’lim, onlayn - 24/7 Mentorlar nazorati hamda «aqlli testlar»ni taklif qiladi. Shuningdek ushbu dastur eng yangi texnologiyalarga ega onlayn platformani hamda onlayn va oflayn qo‘llab-quvvatlash dasturlarini o‘z ichiga oladi. Mentoda qaysi viloyat, shahar yoki qishloqda yashashingiz muhim emas, farzandimgizga butun mamlakatdan tanlab olingan eng zo‘r professionallar dars beradi.

Onlayn ta’lim bo‘lsa, farzandim istagan vaqtigina o‘qiydimi, deysizmi?

Albatta, platforma haqida so‘z borar ekan, avvalo, afzalliklarini sanab o‘tish lozim. Birinchi bo‘lib sizga test paket taklif etiladi. Ha, adashmadingiz test paket. U siz o‘ylaganingizdan butunlay farq qiladi. Mentoning testlari haqiqiy ma’noda «smart».

Ya’ni farzandingizga u ishlagan testlardan nechtasi to‘g‘ri va nechtasi noto‘g‘riligi haqidagina ma’lumot berish bilan cheklanmaydi. U xato qilgan har bir test savoli yuzasidan unga ma’lumot beriladi. Misol uchun, abituriyent xato yechgan test qaysi kitobning, qaysi bobining, qaysi mavzusidan ekanligi, hattoki o‘sha kitobdagi sahifagacha qayd etiladi. Bu bolaga yengillik yaratadi. U o‘z xatosi ustida ishlaydi.

Keyingi bosqichda esa bolaga ushbu xatolar nima sababdan yuzaga kelgani xususida ma’lumot beriladi. Deylik bola tushunib o‘qish lozim bo‘lgan mavzuni faqatgina yodlagan bo‘lishi mumkin. Demak, abituriyent ushbu ma’lumotni olgach, qayta o‘qish jarayonida mavzuni tushinishga urinib ko‘radi. So‘ngra bolaga motivatsiya va tavsiyalar beriladi. Bu bolaning qilgan xatolari va undagi mavjud muammolardan kelib chiqib taqdim etiladi.

Mento shu bilan abituriyentning ustida ishlashni yakunlab qolmaydi. Ya’ni mazkur jarayonlar amalga oshirilgach, bolaning o‘zi, ota-onasi va maktabi, shuningdek Mentoriga xat yuboriladi. Ushbu maktublar bir-biridan tamomila farq qiladi.

Sababi bolaning ota-onasiga uning yutuq va kamchiliklari, shuningdek uning ruhiyati yoki o‘qishidagi muammolar xususida qayd etilsa, uning maktabiga asosan bilim olish holati yoziladi, Mentoriga esa barcha omillari jamlanib, Mentorning bola bilan hamkorligidagi muammolar va tavsiyalar ham beriladi. Natijada bevosita va bilvosita o‘zaro nazorat yuzaga keladi.

Premium ta’rifi siz uchun eng to‘g‘ri tanlov

Shuningdek, Mentoda premium paket ta’rifi ham mavjud bo‘lib, unda «smart testlar»dan tashqari video darslar va Mentorlar nazorati mavjud. Darslar O‘zbekistondagi eng professional o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan. Mentorlar esa yaqindagina eng yuqori ballar bilan oliy ta’lim muassalariga qabul qilingan talabalardir. Ular nafaqat abituriyentlarning o‘qish jarayonini nazorat qiladi, balki ular bilan o‘z tajribasini o‘rtoqlashadi va bolada kechayotgan holatni yaxshi tushunishadi.

Mentoning premium ta’rifini shunday tushunish mumkin: video darslar+Mentorlar nazorati+»smart testlar»+ota-ona va maktab nazorati

Ushbu to‘plam sizga farzandingiz yelkasiga ham majburiyat ham mas’uliyat yuklaydi. Endi o‘qimaslikning iloji yo‘q. O‘quvchi to‘rt tomondan e’tibor markazida bo‘ladi. Bular Mentor, ota-ona, maktab va ochiq reyting.

Onlayn ta’lim hudud tanlamaydi

Mento bilan O‘zbekistonning istalgan shahar va qishloq joylarida turib ta’lim olishingiz mumkin. Ya’ni Mentoda oliy ta’limga tayyorlanish jarayonida sizdan ortiqcha xarajat talab etilmaydi. Na yo‘lga pul sarflaysiz va na oziq-ovqat, yotoqqa, hatto kitoblarga ham qo‘shimcha mablag‘ talab etilmaydi.

Barchasi: kitoblar, testlar va Mentorlar nazorati premium paketda jamlangan.

Tanlov imkoniyati keng

Mento o‘z ichiga rus va o‘zbek tilidagi 8 ta yo‘nalishni jamlagan. Ya’ni farzandingizni bir yo‘nalishni tanlagan taqdirda, unga Mento tomonidan 5 ta fan doirasida video darslar va testlar taqdim etiladi. Ya’ni endilikda bolangizning har bir fani uchun alohida to‘lov talab etilmaydi.

Hammasi ajoyib, lekin narxlari qanday deysizmi?

Narxlar hamyonbop, hatto hayratlanarli. Sababi Mentoning asosiy maqsadi O‘zbekistonda ta’lim darajasini oshirishdir. Eng muhimi, muddatli to‘lov hamda qaynoq aksiyalar sizni kutmoqda.

Shunchaki qo‘ng‘iroq qiling, yanada batafsil ma’lumot oling va Mentoni tanlang! Zero, Mento ta’lim uchun va barcha uchun yaratilgan.

Murojaat uchun tel: +998930438253

Platforma |Telegram |Instagram |Facebook

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring