Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ushbu haftadan maktab o‘quvchilari ta’tilga chiqariladi

Ushbu haftadan maktab o‘quvchilari ta’tilga chiqariladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi «2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, 20-mart — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar dam olish kuni hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, 2021-yil 20-mart kuni 2020-2021-o‘quv yilining bahorgi ta’tilining birinchi kuni hisoblanadi. Bahorgi ta’til 20-martdan 28-martgacha davom etadi. Bu haqda XTV matbuot xizmati ma’lum qildi.

2021-yil 29-martdan o‘quv yilining 4-choragi boshlanadi.

2021-yil 20-mart kuni yuqori sinflarga belgilangan dars soatlari 4-chorakda tig‘izlashgan holda o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring