Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kollej va texnikumlarda to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Kollej va texnikumlarda to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Foto: Xabar.uz

Kollej va texnikumlarda 2022/2023-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi o‘quvchilarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga qulay sharoitlar yaratish, yoshlarning kasb-hunar egallashlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning ota-onalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamda aholi to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, shu qarorga kelingani ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun: joriy yil kollej va texnikumlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 15 815 nafar o‘quvchi davlat granti asosida qabul qilingan.

Shuningdek, professional ta’lim muassasalariga ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari belgilangan tartibda qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring