Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bu soxta «an’ana» mamlakat rivojiga salbiy ta’sir qilmoqda» — Senat vazirlikka so‘rov yubordi

«Bu soxta «an’ana» mamlakat rivojiga salbiy ta’sir qilmoqda» — Senat vazirlikka so‘rov yubordi

Foto:«Senat.uz»

Shu kunlarda kollej, litsey, hatto oliy ta’lim muassasalari  bitiruvchilaridan biror tashkilot, korxonadan uch tomonlama shartnoma tasdiqlatib kelishi talab etilayotgani bilan bog‘liq holatlar uchrayotgani ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Xususan, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda ana shunday ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilayotgani,  eng achinarlisi, uch tomonlama shartnoma xo‘jako‘rsinga tuzilganini uch tomon ham bilishi, bu soxta «an’ana» butun bir mamlakat rivoji uchun salbiy ta’sir qilishi ta’kidlangan.

Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminovga ko‘ra, mazkur masala Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olinib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga asoslantirilgan holda tushuntirish berish talabi bilan so‘rov yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring