Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Birinchi Xalqaro talaba-yoshlar Zomin turizm forumi o‘tkazildi

Birinchi Xalqaro talaba-yoshlar Zomin turizm forumi o‘tkazildi

21-22 may kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan xorijiy va mahalliy talaba-yoshlar ishtirokida «Yoshlar va etnoturizm» shiori ostida 1-Xalqaro talaba-yoshlar Zomin turizm forumi o‘tkazildi.

Mazkur forum talaba-yoshlar orasida turistik faollikni yanada rivojlantirish, ularning yangi g‘oyalarini amaliy qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, Jizzax viloyati turizm obektlarini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Forum doirasida milliy va etnosport o‘yinlari, Zomin tumani umumta’lim maktablari bitiruvchi o‘quvchilari ishtirokida «Ochiq eshiklar kuni», Plogging aksiyasi, talaba-yoshlar va tuman mahalliy yoshlari o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yinlari, shuningdek, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlari tashkil etildi.

1-Xalqaro talaba-yoshlar Zomin turizm forumida O‘zbekiston Milliy universiteti va universitetning Jizzax filiali talabalari hamda chet ellik talaba-yoshlar, shuningdek, tuman yoshlari ishtirok etdi.

Ahamiyatli jihati, forum AQSh, Xitoy, Rossiya, Shvetsiya, Ukraina, Saudiya Arabistoni, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistonlik xorijlik talabalarni ham qamrab oldi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring