Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Agrobank tomonidan tashkil etilgan UDEA oliygohi Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) hamkoriga aylandi

Agrobank tomonidan tashkil etilgan UDEA oliygohi Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) hamkoriga aylandi

UDEA – talabalarga Britaniyaning nufuzli Koventri universiteti dasturi asosida ta’lim olishni taklif etgan Markaziy Osiyodagi yagona oliygoh.

Koventri universiteti (Coventry University) jahon universitetlari reytingining eng yaxshi 650 ta, Buyuk Britaniyaning eng yaxshi 100 ta universitetlari tarkibiga kiritilgan. Qo‘shma dasturning joriy etilishi orqali UDEA O‘zbekistonning eng yuqori reytingli xususiy unversitetlari qatoriga kiradi.

2023-yil 28-aprel kuni Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) va Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (O‘zbekiston) — UDEA o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti 2022-yilda «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. UDEA jamoasi tarkibi nufuzli xorijiy universitetlarda akademik va ilmiy darajalarni olgan hamda boy tajribaga ega bo‘lgan ko‘plab professor-o‘qituvchilardan tashkil topgan.

«Biz nufuzli Koventri universitetining Markaziy Osiyodagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkori sifatida talabalarimizda butun jahonda talabi yuqori bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirib borish, ularni uzluksiz ta’lim va mas’uliyatli fuqaro ruhida tarbiyalash asosiy vazifalarimiz, deb hisoblaymiz. Chunki biz yorqin kelajakka yo‘llanma beramiz!», - dedi UDEA universiteti rektori iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rustam Abduraupov.

2023-yil sentyabr oyida UDEAda Koventri universiteti bakalavriyat dasturlari bo‘yicha quyidagi yo‘nalishni yo‘lga qo‘yadi:

  • biznes uchun axborot texnologiyalari (bakalavr darajasi);
  • buxgalteriya hisobi va moliya (bakalavr darajasi);
  • xalqaro moliya va bank ishi (bakalavr darajasi);
  • ingliz tili va ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish (bakalavr darajasi).

«Biz UDEA bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatganimizni mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Bu Koventri oliygohining O‘zbekistondagi ilk hamkorligi, UDEA universiteti - Markaziy Osiyodagi yagona hamkorimiz hisoblanadi. Biz 2023-2024-o‘quv yili uchun ilk talabalarimizni intiqlik bilan kutamiz va uzoq hamda muvaffaqiyatli hamkorlikka umid qilamiz»,— dedi, Koventri universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Richard Uells.

«Ushbu dastur talabalari O‘zbekistonda universitetimizni bitirib, Koventri universiteti diplomiga ega bo‘lishadi. Muvaffaqiyatga erishgan talabalar Koventri universiteti yoki Koventri universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan nufuzli universitetlarning birida talabalar almashinuvi dasturlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi yoki xorijiy oliy o‘quv yurtlari ta’lim dasturlari asosida bilim va ko‘nikmalarni xorijga chiqmagan holda o‘zimizda olishlari mumkin. Shuningdek, Agrobank tomonidan ushbu qo‘shma dastur uchun talabalarga bir qator grantlarni taqdim qilish rejalashtirilmoqda», — dedi «Agrobank» Boshqaruv Raisi birinchi o‘rinbosari Erkin Kaxorov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring