Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qaysi dorilarni ishlab chiqarish eng serxarajatligi ma’lum bo‘ldi

Qaysi dorilarni ishlab chiqarish eng serxarajatligi ma’lum bo‘ldi

Illyustrativ foto

JAMA Network Open jurnali qaysi dori vositalarini ishlab chiqarish eng qimmatga tushishini ma’lum qildi.

Eastern Research Group tadqiqotiga ko‘ra, og‘riqni qoldiruvchi, saratonga qarshi hamda ko‘zni davolovchi dorilarni ishlab chiqarishga eng ko‘p xarajat qilinadi.

Farmatsevtika kompaniyalari yangi dorini yaratish uchun ilmiy ishlarga 314 milliondan 4,46 milliard dollargacha sarflaydi. Bitta dorining tayyor bo‘lib bozorga chiqishi o‘rtacha $879,3 mln.ga tushmoqda.

Eng serxarajati — og‘riqni qoldiruvchi dorilar: ularga o‘rtacha $1,75 mlrd sarflanadi. Saratonga qarshi dorilarga o‘rtacha $1,2 mlrd, oftalmologiya dori vositalariga $1,09 mlrd sarflanadi.

Oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan dorilarni tayyorlash uchun o‘rtacha $963,5 mln, yurak-qon tomir kasalliklari uchun dorilarga $890,3 mln mablag‘ kerak bo‘ladi.

Ishlab chiqarilishi eng qimmatga tushuvchi dorilar top-10ligida keyingi o‘rinlarda markaziy nerv tizimi ($794,6 mln), endokrin buzilishlar ($780 mln), qon kasalliklari ($720,4 mln), nafas yo‘llari ($686,4 mln) va teri kasalliklari ($683,1 mln) uchun mo‘ljallangan dorilar joylashdi.

«Katta o‘nlik»ka kirmagan dorilar ro‘yxatida immunomodulyatorlar ($605,8 mln), siydik yo‘llari va jinsiy a’zolar kasalliklari ($394,9 mln) va yuqumli kasalliklar ($378,7 mln)ga qarshi dori vositalarini ko‘rish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring