Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xabi Alonso chempionlik sirini ochdi

Xabi Alonso chempionlik sirini ochdi

Foto: Sports.ru

Yevropada ortda qolgan futbol mavsumining haqiqiy kashfiyoti, shubhasiz, Xabi Alonso boshchiligidagi «Bayer» (Germaniya, Leverkuzen) klubi bo‘ldi.

Ispaniya terma jamoasining sobiq yulduzi, Leverkuzenga kelganidan so‘ng, jamoani bir yil ichida yuqori cho‘qqilarga olib chiqishni uddaladi.

Xabi Alonso g‘alabalari sirini ocharkan, bunda ustozlarining xizmatlari katta bo‘lganini aytib o‘tdi.

«O‘z murabbiylarimdan ko‘p narsalarni o‘rgandim. Masalan, Benitesdan taktikani, o‘yinga qanday qo‘shilib ketishni, qanday yordam berish, nima qilishni o‘zlashtirganman. Gvardiola: «Biz bunday o‘ynasak, mana bunday bo‘ladi derdi». Mourinioda kuch va muomala qilish xususiyati ustun. Aragones o‘zimga bo‘lgan ishonchni oshirgan, aniq nimani xohlayotganimni aniqlashda yordam bergan. Del Boske muayyan vaziyatda aynan nimaga e’tibor qaratishni o‘rgatgan. Anchelotti esa yaxshi futbol nimaligini va buning uchun nima qilish kerakligini to‘g‘ri tushuntirgan», — dedi Xabi Alonso.

Alonso murabbiylik faoliyatini 2018-yilda «Real Madrid» yoshlar jamoasida boshlagan. 2022-yilning 5-oktyabridan — «Bayer» bosh murabbiyi.

2024-yilning 14-aprelida «farmatsevtlar» o‘zlarining 120 yillik tarixida birinchi marta Germaniya chempioni bo‘lishdi. O‘tgan hafta esa Germaniya kubogi qo‘lga kiritildi — Alonso jamoasi bilan ilk oltin dublni qayd etdi.

28-may kuni Xabi Alonsoga Yevropaning eng yaxshi murabbiyi sovrini topshirildi (Globe Soccer Awards-2024).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring