Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida 3 ta oltin va 5 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi

Samira Ismoilova.
Malayziyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda sportchilarimiz yuqori natijalarni qayd etib, 3 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Hamyurtimiz Samira Ismoilova mazkur musobaqa kashfiyotlaridan biriga aylandi. Ismoilova turnir davomida 2 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdan tashqari, yakkalik ta’qib poygasi dasturidagi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va jahon rekordini o‘rnatdi. Sportchimiz 3 000 metr masofani 3:46.800 daqiqada bosib o‘tdi.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
- Kattalar: Dmitriy Bocharov, skretch
- Yoshlar: Samira Ismoilova, omnium
- Yoshlar: Samira Ismoilova, yakkalik ta’qib poygasi (Osiyo va jahon rekordi)
Bronza medal:
- Yoshlar: Samira Ismoilova, ochkolar uchun guruh poygasi
- Yoshlar: Samira Ismoilova va Nadejda Barteneva, juftlik medison
- Kattalar: Asal Rizayeva va Nafosat Qoziyeva, juftlik medison
- Kattalar: Nafosat Qoziyeva, omnium
- Kattalar: Nafosat Qoziyeva, ochkolar uchun guruh poygasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter