Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ularning bokschilardan nimasi kam?» — Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilarga qanday mukofotlar berilishini aytdi

«Ularning bokschilardan nimasi kam?» — Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilarga qanday mukofotlar berilishini aytdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Toshkent arxitektura qurilish institutiga tashrif buyurdi.

«Daryo» xabariga ko‘ra, bu yerda prezident institut talabalari bilan hamda jurnalistlar suhbatda kuni kecha Hindistonda o‘tkazilgan shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar haqida gapirdi.

«Ularga katta mukofotlar bersak boshqalar uchun ham bu motivatsiya bo‘ladi. Hamma ota-onalar farzandlarini shaxmat to‘garaklariga berishni boshlasa kerak», — deydi prezident.

Davlat rahbari 5 avgust kuni imzolagan qaroriga binoan shaxmatchilarga 600 milliondan berilishini qo‘shimcha qildi.

«Shuningdek, ularga davlat mukofotlarini ham beramiz. Bundan tashqari, ularga avtomobil berishni ham rejalashtirdik. Axir ularning bokschilardan nimasi kam?», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonning Chennai shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilarga qo‘ng‘iroq qilib, ularni g‘alaba bilan tabrikladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring